Rosatom O'zbekistonda kichik AES loyihasini yil oxirigacha yakunlaydi

Maydonchada muhandislik ishlari va tadqiqotlar olib borilmoqda

Rosatom kompaniyasi 2025-yil oxirigacha O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasi (AES) loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi va taqdim etadi. Bu haqda davlat korporatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

AES qurilishi, arxiv fotosurati
AES qurilishi, arxiv fotosurati
Hozirda maydonchada muhandislik tadqiqotlari, loyihalashtirish va qurilish-montaj bazasini qurish ishlari olib borilmoqda. 2025-yil oxirigacha kichik quvvatli AES uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va o‘zbekistonlik buyurtmachiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Rosatom matbuot xizmati

Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev qurilishning boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda loyihani amalga oshirishda yangi bosqich boshlanganini aytdi.

Mamlakatdagi birinchi AES qurilishi bo‘yicha shartnoma 2024-yil 27-mayda imzolangan. U har biri 55 MVt quvvatga ega bo‘lgan oltita reaktordan iborat bo‘ladi. Qurilishda mahalliy kompaniyalar ishtirok etadi. Rosatom atom stansiyasining xizmat qilish muddati kamida 60 yil bo‘lishini va’da qilmoqda.

Yana materiallar o‘qing:

Hozir bosh sahifada