Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O'zbekistondagi alyuminiy bankalar ishlab chiqarish bo'yicha birinchi zavodni qurish uchun "East Can Solutions" kompaniyasini moliyalashtirish haqida e'lon qildi. Korxona Toshkentda joylashadi va o'sib borayotgan ichki talabni qondirish, bozordagi taklifni kengaytirish hamda importga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi.
Yangi zavodning quvvati yiliga 1,1 milliard banka bo'ladi, bunda energiya tejovchi texnologiyalar va to'liq qayta ishlanadigan tara qo'llaniladi. Loyiha amalga oshirilishi 200 dan ortiq to'g'ridan-to'g'ri ish o'rinlarini yaratadi va chiqindilar hamda energiya iste'molini minimallashtirish orqali mamlakat ekologiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
"East Can Solutions" asoschisi Shuxrat Ergashev IFC investitsiyalari ilg'or xalqaro amaliyotlarni joriy etish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish va O'zbekistondagi ichimlik ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga yordam berishini ta'kidladi.