2025-yilda Oʻzbekistonda elektron tijorat rekord darajada oʻsishni koʻrsatdi. Onlayn-platformalar soni 36 tadan 115 taga koʻpaydi, bu 2024-yilga nisbatan 3,2 barobar koʻpdir. Elektron tijorat orqali savdo hajmi 22,7 trillion soʻmga yetdi, bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 1,5 barobar yuqori, onlayn-savdoning umumiy chakana savdodagi ulushi esa 3,7% dan 4,6% gacha oʻsdi.

Oʻtgan yili mamlakatning umumiy chakana savdo hajmi 492,8 trillion soʻmni tashkil etdi, 2024-yilda esa 410,07 trillion soʻm boʻlgan edi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda onlayn-savdo hajmi atigi 1 trillion soʻmdan oshgan va bozorning atigi 0,5% ini egallagan.

Mutaxassislarning fikricha, bu dinamika marketplaceʼlar sonining oʻsishi va raqamli infratuzilmaning yaxshilanishi bilan bogʻliq. Elektron tijoratning rivojlanishi nafaqat fuqarolar uchun tovarlar xarid qilishni osonlashtiradi, balki tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, texnologik investitsiyalarni ragʻbatlantiradi va raqamli iqtisodiyot bozorini kengaytiradi.

Manbalar
uzdaily.uz

Hozir bosh sahifada