O'zbekiston Afg'oniston hududida temir va mis qazish ishlarini boshladi

Loyiha O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega deb hisoblanadi

Uzbek Overseas Geology Company Afg‘onistonda uglevodorodlar, temir va mis rudalarini qidirishga qaratilgan keng ko‘lamli geologiya-qidiruv loyihasini boshladi. Ishlar Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida olib borilmoqda, bu yerda foydali qazilmalarning sezilarli zaxiralari aniqlanishi kutilmoqda.

Loyiha rasmiy ravishda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Mavlavi Nurula Xodi Abu Idris va Uzbek Overseas Geology Company bosh direktori Xayit Omonov ishtirokida ochildi. Afg‘on tomoni bilan muzokaralar davomida kompaniya geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va mamlakat hududida tadqiqotlarni davom ettirish uchun litsenziya oldi.

Loyiha O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega deb hisoblanadi: temir va misning yangi konlarini aniqlash xomashyo bazasini kengaytirish, shuningdek, Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli amalga oshirish xalqaro investitsiyalarni jalb qilishi va qo‘shma sanoat loyihalari uchun imkoniyatlar yaratishi mumkin.