Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi oʻz mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilishni rejalashtirmoqda. 2025–2026 yillarga moʻljallangan modernizatsiya dasturi doirasida korxona 70 ta yangi vagon ishlab chiqarishi kerak, ulardan 55 tasi allaqachon foydalanishga topshirilgan. Qolgan 15 tasini iyun oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Joriy yilda zavod Rossiya bozoriga 42 ta yoʻlovchi-bagaj vagonini yetkazib berish niyatida. Korxona bir necha turdagi harakatlanuvchi tarkibni, jumladan, platskart, kupe, yuqori qulaylikdagi vagonlar, harakatlanish imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun vagonlar va restoran vagonlarini ishlab chiqaradi. Ularning barchasi zamonaviy iqlim nazorati tizimlari, USB-zaryadlash qurilmalari, ekologik toza sanuzellar va videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan.
2025 yil aprel oyida zavodning nazorat paketi (90,02%) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, soʻngra Transport Engineering Center kompaniyasiga oʻtkazildi. Kuzatuv kengashi tarkibiga Rossiya va Qozogʻiston temir yoʻl mashinasozligi kompaniyalari bilan bogʻliq tuzilmalar vakillari kirdi. Bu harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga yordam berishi kerak.