TBC Uzbekistan raqamli ekotizimi 2026-yilning birinchi choragini 93 mlrd so‘m sof foyda va 700 mlrd so‘m operatsion daromad bilan yakunladi.
O‘sish asosiy yo‘nalishlarda – chakana kreditlashdan tortib, biznes uchun SaaS-yechimlarga qadar qayd etildi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning umumiy soni 24,2 mln (+23% yiliga) ga yetdi, oylik faol auditoriya – 5,8 mln.
Ekotizim platformalari orqali to‘lovlar hajmi 31,1% ga o‘sib, 31,8 trln so‘mni tashkil etdi. Depozitlar 7,1 trln so‘mga (+24,3%), kredit portfeli esa 10,4 trln so‘mga (+3,4%) oshdi. Karta yo‘nalishi tez o‘sib bormoqda: TBC Salom kartalari soni 1 mln dan, TBC Osmon kredit kartalari esa 183 mingdan oshib, portfelning sezilarli qismini tashkil etmoqda.
Obuna xizmatlari 1,1 mln foydalanuvchini jalb qildi, BNPL esa 190 ming faol mijozga yetdi. Biznes yo‘nalishi 67 ming kompaniyaga xizmat ko‘rsatmoqda, shu bilan birga 185 mingdan ortiq Kichik va O‘rta Biznes (KOB) kreditlari berildi. BILLZ SaaS-platformasi 5,8 trln so‘mlik 11 mln dan ortiq tranzaksiyani qayta ishladi va mijozlar bazasini kengaytirdi, shu jumladan kichik biznes uchun yengillashtirilgan versiyasini ishga tushirdi.
