O‘zbekistonda Pharma Eurasia & MedTech ko‘rgazmasi doirasida Koreya Respublikasidan kelgan, farmatsevtika va kosmetika sohalarida faoliyat yurituvchi 15 ta kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar bozor holati, investitsiya imkoniyatlari va sohani rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildilar. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va farmatsevtika hamda kosmetika sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Janubiy Koreya kompaniyalari sohadagi joriy o‘zgarishlarni ijobiy baholadilar va O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishga, shu jumladan qo‘shma investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirdilar.