Yandex Uzbekistan raqamli qulaylik va ta'lim tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari uchun ESG Awards 2026 mukofotining Digital Impact in ESG nominatsiyasida g'olib bo'ldi.

Mukofot Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida topshirildi. Hakamlar hay'ati kompaniyaning yanada inklyuziv raqamli muhit yaratish va xizmatlarni nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirishga qo'shgan hissasini yuqori baholadi.

Bugungi kunda ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar uchun funksiyalar ekotizimning to'qqizta mahsulotiga, jumladan, Yandex Go, Alisa AI, Pochta, Brauzer, Yandex Music va Yandex Books'ga joriy etilgan. Yandex Go xizmatiga alohida e'tibor qaratilib, u yerda kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun vositalar, shuningdek, moslashtirilgan transportga buyurtma berish funksiyalari rivojlantirilmoqda.

Yandex Go shuningdek, shahar navigatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirmoqda: Yandex Maps'da 19 mingdan ortiq ob'ektlar, jumladan, rampalar, liftlar va to'siqsiz kirish joylari haqidagi ma'lumotlar to'plangan.

Inklyuziyadan tashqari, kompaniya ta'lim tashabbuslarini rivojlantirmoqda: dasturlash va AI bo'yicha bepul kurslar allaqachon 1 100 dan ortiq o'qituvchini jalb qildi, Dasturlash maktabiga esa 1 200 dan ortiq ariza kelib tushdi. Bu loyihalar mamlakatning raqamli iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashga qo'shilgan hissa sifatida ko'rilmoqda.