Seulda O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan vakillari Janubiy Koreyaning Prototie texnologiya kompaniyasi bilan muzokaralar o'tkazdilar. Tomonlar O'zbekiston raqamli mahsulotlarini Janubiy Koreya va Malayziyada targ'ib qilish, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarni xalqaro bozorlarga chiqishda qo'llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Prototie AI yordamida mutaxassislarni tanlash, IT-autsorcing va iste'dodlarni boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya 2026-yil yanvar oyidan boshlab IT Park Uzbekistan rezidenti hisoblanadi va allaqachon UZINFOCOM yechimlarini, jumladan MyID Face, MyID Palm, Video Analytics, Muxlisa AI, DMED va Smart City texnologiyalarini xorijda targ'ib qilishga yordam bermoqda. Endi bu ishni IT Park ishtirokchilarining boshqa mahsulotlariga ham kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Hamkorlikning mumkin bo'lgan vositalari qatorida xorijiy bozorlarni o'rganish, yechimlarni mahalliylashtirish, mijozlar va hamkorlarni topish, B2B uchrashuvlar va Proof of Concept formatida pilot loyihalarni ishga tushirish mavjud. Shuningdek, tomonlar IT-autsorcingni rivojlantirish va O'zbekistondan mutaxassislarni biznes-missiyalar, demo-kunlar, vebinarlar va ixtisoslashgan vorkshoplar orqali jalb qilishni ko'rib chiqdilar.