O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligida Jahon Iqtisodiy Forumi Yevropa va Yevroosiyo bo'yicha hamkorlik yo'nalishi rahbari Marven Garbaa va Europe & Eurasia – Centre for Regions, Trade & Geopolitics vakili Ditrix Jon bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar JIF faoliyatini va O'zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalarini muhokama qildilar.

O'zbekiston va forum o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar raqamli transformatsiya va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan bog'liq istiqbolli hamkorlik yo'nalishlarini va qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston va JIF vakillari ishchi muloqotni davom ettirish va hamkorlikning yangi yo'nalishlari bo'yicha takliflar almashishga kelishib oldilar. Aniq loyihalar va ularni amalga oshirish muddatlari hozircha oshkor etilmayapti.