O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-avgust oylarida jami 653,5 million dollarlik 3,26 million dona mobil telefon import qildi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 527,2 ming donaga, ya’ni 19,2 foizga oshgan.
Bitta telefonning o‘rtacha import narxi bir yil avvalgi 111,7 dollarga nisbatan taxminan 200 dollarga yetdi. Shunday qilib, ko‘rsatkich 88,3 dollarga, ya’ni 79 foizga oshdi. Shu bilan birga, 2025-yilning sakkiz oyida O‘zbekistonga 305,7 million dollarlik 2,73 million dona mobil qurilma olib kirilgan.

Xitoy O‘zbekiston bozoriga mobil telefonlarning eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Undan tashqari, Vyetnam, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlardan ham yetkazib berish amalga oshiriladi.











