Toshkent xalqaro aeroportiga tunda Air Atlanta Icelandic aviakompaniyasining yuk Boeing samolyoti Belgiyaning Lyej shahridan katta miqdordagi tirik qoramollarni yetkazib berdi. Bortda 93 tonna naslli hayvonlar, jumladan, dunyoda eng ko‘p talab qilinadigan simmental va golshtin zotli sigirlar bor edi.
Simmentallar go‘sht va sut mahsuldorligini birlashtirganligi uchun qadrlanadi, golshtinlar esa yuqori rentabellik va barqaror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tufayli eng yaxshi sut zotlaridan biri sifatida tan olingan. Bunday hayvonlarni import qilish naslchilik bazasini yaxshilash va mahalliy chorvachilik samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Hayvonlarni tushirish, veterinariya tekshiruvi va yangi egalariga jo‘natish tezkorlik bilan amalga oshirildi. Bunday ko‘lamdagi yetkazib berishlar O‘zbekiston agrar sektorini mustahkamlash dasturining muhim elementiga aylanmoqda.