O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri U Von Shik boshchiligidagi Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv avvalida koreys tomoni davlat rahbariga prezident Li Chje Myondan salom va tilaklar yetkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar alohida strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Siyosiy muloqotning faol rivojlanishi, parlamentlararo aloqalarning o‘sishi, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro savdo va koreys investitsiyalari hajmining ortishi qayd etildi.
Gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi: O‘zbekistonda allaqachon yetakchi Koreya universitetlarining to‘rtta filiali va hududlarda kasb-hunar ta’limi markazlari faoliyat yuritmoqda. Tomonlar infratuzilma, transport va logistika, nodir metallar va kritik xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, qonunchilik faoliyatini raqamlashtirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladilar hamda parlamentlararo hamkorlik dasturini tayyorlash va do‘stlik parlament guruhlari faoliyatini faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda