O‘zbekiston va Rossiya tashqi omillarga kamroq bog‘liq bo‘lgan mustaqil va barqaror transport infratuzilmasini yaratishga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zlygostev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida ma’lum qildi. Multimodal tashuvlar, bojxona rasmiylashtiruvini raqamlashtirish, logistika markazlari va omborxona hublarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Logistikani diversifikatsiya qilish va janubiy portlarga kirishni ta’minlaydigan "Shimol-Janub" yo‘lagi, shuningdek, Qozog‘iston orqali o‘tadigan marshrutlarni mustahkamlash va ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish asosiy yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda. Rossiya elektron tijorat platformalarini yangi O‘zbekiston logistika markazlariga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kelajakda Pokiston portlari hamda Hindiston va Janubiy Osiyo bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochadigan trans-afg‘on yo‘lagini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Zlygostevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu marshrutlarni rivojlantirish har ikki mamlakatning transport tizimini mustahkamlash va mintaqaviy logistikaning barqarorligini oshirish imkonini beradi.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda