O‘zbekistonda «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazining filiali ochilishi rejalashtirilgan. U Respublika Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bazasida tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent — Moskva videokonferensiyasi davomida ma’lum bo‘ldi. Tadbir Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi tomonidan atom sanoati uchun mutaxassislar tayyorlashga bag‘ishlab tashkil etildi.
Shu bilan birga, Kurchatov institutining laboratoriyalari Milliy yadro tadqiqot universiteti Toshkent filiali bazasida ham paydo bo‘ladi. «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazi vitse-prezidenti Aleksandr Blagovning ta’kidlashicha, umumiy ilmiy meros va o‘xshash ta’limiy yondashuvlar hamkorlikni kengaytirish uchun qulay sharoit yaratadi, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy hamkorlikning uzoq muddatli strategiyasini shakllantirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasi agentligida atom energetikasi sanoatning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanayotgani ta’kidlandi. Mutasaddi bo‘lim boshlig‘i Davran Isanbekovning so‘zlariga ko‘ra, kadrlarga talab nafaqat yadro texnologiyalari va energetika sohasida, balki IT, robototexnika va avtomatlashtirish kabi qo‘shni sohalarda ham o‘sib bormoqda.
Bugungi kunda Milliy yadro tadqiqot universiteti Toshkent filiali 160 nafar mutaxassis tayyorladi. 2030-yilga kelib universitet yadro texnologiyalari va energetika bilan bog‘liq yo‘nalishlarda 300 dan ortiq talabani o‘qitishni rejalashtirmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar amaldagi atom stansiyalarida, jumladan, Novovoronej AESda o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, 2026-yil fevral oyida «O‘zatom» agentligi ko‘magida filial bazasida maktab o‘quvchilari uchun birinchi qishki maktab ishga tushiriladi. Universitetda, shuningdek, amaliyotga va murabbiylikka e’tibor qaratilgan muhandislik maktabi faoliyat yuritadi, bu esa talabalarga sanoat va yuqori texnologiyali sohalarda talab qilinadigan amaliy ko‘nikmalarni olish imkonini beradi.
Hozir bosh sahifada
Bu ko'rsatkich yaqinda 1 milliard dollardan oshgan edi
U 66,6 Mbit/s ga yetdi
2026-yil 1-apreldan
So'nggi 25 yil ichida
Ruxsatnomalar berilmagan
Stablecoinlarni joriy etish vositachilarni yo'q qilish, komissiyalarni kamaytirish va tranzaktsiyalarni tezlashtirish imkonini beradi
Xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi
2026 yilga kelib zavod 40 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Yo'lovchilarning xavfsizligi va qulayligi yangi darajaga ko'tarilmoqda