ODK (Rostex tarkibiy qismi) seriyali UGPA-16(25) gaz haydash agregatini, shuningdek, NK-14ST va AL-31ST sanoat dvigatellarini taqdim etdi. Uskunalar O‘zbekiston gaz transporti tizimini rivojlantirish va yangilashda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. UGPA ning asosiy xususiyati – modulli konstruksiya va 12 dan 32 MVt gacha quvvatga ega dvigatellar bilan jiddiy o‘zgarishlarsiz mosligi, bu esa joriy etishni soddalashtiradi.
Agregat sakkizta tayyor blokdan yig‘ilgan bo‘lib, bu kompressor stansiyalarini o‘rnatish muddatini sezilarli darajada qisqartirish va ularni tezroq ishga tushirish imkonini beradi. Shuningdek, stansiyalar unumdorligini oshirish uchun yaratilgan 8,5 MVt quvvatga ega NK-14ST dvigateli va allaqachon turli iqlim sharoitlarida, shu jumladan issiq hududlarda qo‘llanilayotgan AL-31ST dvigateli taqdim etildi.
ODK da ta’kidlashlaricha, bunday yechimlar gaz magistrallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va yetkazib berish barqarorligini yaxshilash imkonini beradi. Uskunalar allaqachon Rossiyada qo‘llanilmoqda va endi O‘zbekistondagi loyihalar uchun taklif etilmoqda, bu yerda energetika infratuzilmasini kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
