O'zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining KSP dasturi doirasida 2025-2026 yillarning 17-23 may kunlari Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif huquqiy sohadagi raqamli yechimlarni va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini o'rganishga qaratilgan edi.

Dastur ishtirokchilariga Janubiy Koreyaning qonunchilikni raqamlashtirish, huquqiy normalarni ishlab chiqishda texnologiyalarni joriy etish va fuqarolarni xabardor qilish tizimlari bo'yicha tajribasi taqdim etildi. Sun'iy intellekt va IT-yechimlarni yuridik amaliyotda qo'llashga alohida e'tibor qaratildi.

Tashrif davomida Milliy Assambleya, Konstitutsiyaviy sud va Koreya Respublikasi Qonunchilik vazirligi vakillari, shuningdek, tegishli IT-kompaniyalar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Dastur yakunida O'zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" Milliy huquqiy axborot markazi va Koreya huquqiy axborot markazi o'rtasida raqamli huquqiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi memorandum imzolandi.