Toshkentda 6 va 7-iyun kunlari Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Made in France" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Tadbir Fotosuratlar uyida bo'lib o'tadi va Fransiya sanoatining zamonaviy yutuqlari, innovatsion ishlanmalari hamda an'anaviy hunarmandchilik mahoratiga bag'ishlanadi.
Tashrifchilarga texnologik yechimlardan tortib dizayn va ishlab chiqarish buyumlarigacha bo'lgan turli sohalarni aks ettiruvchi 100 dan ortiq eksponatlar taqdim etiladi. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, loyiha har yili Yelisey saroyida o'tkaziladigan va Fransiya sanoatining asosiy yutuqlarini namoyish etadigan ko'rgazmaning davomidir.
Ko'rgazma soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq bo'ladi, kirish bepul. Tadbir keng auditoriyani Fransiya ishlab chiqarishining zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishtirishga va mamlakatlar o'rtasidagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga imkon berishi kutilmoqda.
