Xalqaro ADEC Innovations kompaniyasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish markazini ochish imkoniyatini o‘rganmoqda. Potensial loyiha Global Business Services, ma'lumotlarni qayta ishlash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sohasida xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Hamkorlik istiqbollari ADEC Innovations va IT Park Uzbekistan vakillari tomonidan Global Business Services Forum 2026 doirasida muhokama qilindi. Uchrashuvda IT Park Uzbekistan eksportni rivojlantirish direktori Jahongir Kagirov va ADEC Innovations Global Business Services rivojlantirish direktori Pravin S. Ijava ishtirok etdi.
ADEC Innovations 17 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va 3,5 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi. Kompaniya global biznes xizmatlari, ekologik konsalting, ma'lumotlar tahlili va biznes jarayonlarini autsorsing qilishga ixtisoslashgan.
Tomonlar O‘zbekistonni xizmat ko‘rsatish operatsiyalari uchun potensial mintaqaviy markaz sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bo‘lajak markaz ma'lumotlarni qayta ishlash, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va impact sourcing – raqamli autsorsing orqali ish o‘rinlari yaratish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, muzokaralar ishtirokchilari mutaxassislarni tayyorlash va yoshlar uchun ta'lim dasturlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Hamkorlik doirasida xalqaro xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish rejalashtirilgan.
IT Park Uzbekistan va ADEC Innovations kompaniyaning mamlakatdagi loyihalarini ishga tushirish istiqbollarini baholashni davom ettirish va keyingi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga kelishib oldilar.
