AQSH Oʻzbekistonning kosmosni tinch yoʻl bilan oʻzlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik tamoyillarini belgilovchi «Artemis» bitimlariga qoʻshilishini olqishladi. Bu haqda 2026-yil 19-oktabrda AQSH Davlat departamenti maʼlum qildi. Respublika 2020-yilda Vashington va yana yetti davlat taklifi bilan tashkil etilgan tashabbusning 77-ishtirokchisiga aylandi.
Hujjatni Oʻzbekiston nomidan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov imzoladi. Marosim Samarqandda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etgan Amerika delegatsiyasi bilan muzokaralardan soʻng boʻlib oʻtdi. Vashingtonda respublikaning qoʻshilishi boʻlajak G20 sammiti arafasida ikki davlat oʻrtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga yordam berishiga umid bildirdi.

«Artemis» bitimlari Oy, Mars, asteroidlar, kometalar va boshqa kosmik obyektlarni fuqarolik maqsadlarida xavfsiz, shaffof va masʼuliyatli tadqiq qilishga qaratilgan ixtiyoriy tamoyillar toʻplamidir. Tashabbus doirasidagi xalqaro hamkorlikni AQSH tomonidan Davlat departamenti va NASA muvofiqlashtiradi.











